Pedagog xodimlarga necha kun mehnat ta'tili beriladi? » BELLASHUV.UZ

Pedagog xodimlarga necha kun mehnat ta'tili beriladi?





Mehnat kodeksi 143-moddasi 4-qismiga ko‘ra, maktablar, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlari, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarining muallimlar tarkibiga birinchi ish yilida yillik ta’til ularning mazkur o‘quv yurtiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda yozgi ta’til davrida to‘liq beriladi.


Masalan, pedagog xodim may oyida ishga kirdi va iyuldan yozgi ta’tilga chiqmoqda. Demak, bunda pedagog xodimga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar 48 ish kuniga ta’til to‘liq beriladi, lekin 2 oy (may, iyun) uchun mutanosib ravishda 8 kunga (48/12=4 4*2=8) ta’til uchun haq to‘lanadi.


Manba: @mehnathuquqi

https://t.me/dokument_Zamdirektor/2608





0
Добавлено: 11-06-2022, 18:34
0
937
Yuqoriga