Tarix fanidan diagnostika testlari (3-variant) » BELLASHUV.UZ

Tarix fanidan diagnostika testlari (3-variant)




Hurmatli tarix fani ustozlari, shu testlarning to'g'ri javoblarini tayyorlashga yordam bersangizlar. Qaysi testning javobini bilsangiz iltimos izohlarda yozib qoldiring. RAHMAT


1. L. Vigotskiyning nazariyasiga koʻra, bolaning kognitiv rivojlanishini amalga oshirish uchun oʻqituvchi qanday yoʻl tutishi kerak?

  1. oʻquvchini dars qoldirmasligini doimiy nazorat qilishi kerak

  2. oʻquvchini mustaqil faoliyat olib borishini ragʻbatlantirishi kerak

  3. oʻquvchini kitob oʻqishga qiziqishini oshirishi kerak

  4. oʻquvchin oʻquv faoliyatning turli modellariga jlb qilishi kerak

2. O‘qituvchi o‘quvchining uyiga tashrif buyurishi va uning ota-onasi bilan uchrashishi lozim. Uyga tashrifning maqsadi nimalarga qaratilishi kerak? 1) oila bilan yaqindan tanishish 2) qarindoshdek o‘zini yaqin tutish 3) o‘quvchining darsxonasini ko‘rish 4) xo‘jalik ishidagi ishtirokini kuzatish 5) bolaning kun tartibini o‘rganish

  1. 1, 3, 5 

  2. 2, 3, 4 

  3. 1, 2, 5 

  4. 1, 2, 3

3. Zamonaviy taʼlim texnologiyalari toʻgʻri keltirilgan javoblarni belgilang. 1. Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyalari 2. Shaxsni ijtimoiylashtiruvchi ta’lim texnologiyalari 3. Interfaol ta’lim texnologiyalari 4. Muammoli ta’lim texnologiyalari 5. Shaxsni tarbiyalovchi ta’lim texnologiyalari

  1. 1, 3, 4

  2. 1, 2, 3

  3. 2, 4, 5

  4. 1, 3, 5

4.

O‘quvchilarni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritishga, o‘z tasavvurlari, g‘oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga va mavzu doirasida imkon qadar ko‘p muqobil g‘oyalarning yig`ilishini ta’minlashga qaratilgan metod qanday nomlanadi?

  1. “Aqliyhujum” metodi

  2. “Baliqskeleti” metodi

  3. “Sinkveyn” metodi

  4. “Insert” metodi

5. Pedagogik tajribasi kam boʻlgan oʻqituvchi oʻz oʻquvchilarida Blum taksonomiyasiga asosan sintez qilish koʻnikmalarini shakllantirmoqchi. U qanday strategiyadan foydalanishi kerak?

  1. Turli manbalardan olingan maʼlumotlarni umumlashtira olishni oʻrgatishi kerak

  2. Obyekt va jarayonlarni oʻrganishda ularni kichik qismlarga ajratishni oʻrgatishi kerak

  3. Obyekt va jarayonlarda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni tahlil qilishni oʻrgatishi kerak

  4. Mavzuga oid oʻquv elementlarni oʻrgatishda tadqiqotchilik metodidan foydalanishi kerak

6. O‘qituvchi kasbining asosiy maqsadi nimalardan iborat?

  1. o‘quvchining psixik qonuniyatlarini, ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik jihatdan ochish

  2. o‘quvchida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy kamolotni o‘zida mujassamlashtirgan shaxsni tarbiyalash

  3. o‘quvchilarga fan yo‘nalishi bo‘yicha rejalar, dasturlar, darsliklar va boshqa me’yoriy xujjatlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berish

  4. o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda munosabatlarni o‘rnatish

7. Nostandart fikrlashga xos belgilar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. muammoni yechishda ijodiy yondashish

  2. muammoni yechishda namunalarga asoslanish

  3. muammoni yechimida tavakkal qilish

  4. birinchi kelgan fikrga asoslanish

8. O‘qituvchi fan olimpiadasida ishtirok etish uchun kuchli o‘quvchilardan birini emas, o‘z farzandini tanladi. Ushbu holat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

  1. o‘qituvchining farzandi yuqori o‘rin egallashiga

  2. o‘quvchilar orasida nosog‘lom muhitning yaratilishiga

  3. maktab jamoasida o‘qituvchining obro‘sini ko‘tarilishiga

  4. o‘quvchilar orasida raqobatning kuchayishiga

9. O‘qituvchining kasbiy kuyishi deganda nimani tushunasiz?

  1. kasbiy faoliyati davomida o‘zini qiziqtirmagan ishlar bilan muntazam shug‘ullanishi

  2. yuqori lavozimda ko‘p yillar mobaynida faoliyat yuritilishi

  3. ishdagi surunkali stress natijasida hissiy, aqliy va quvvat resurslarining tugashi

  4. mas’uliyatli va kuchli bilim talab qilinadigan ishlarni yuklanilishi

10. O‘qituvchining kasbiy kuyishining belgilari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. hayolparastlik, hayrixoxlik, hamjihatlilik

  2. yolg‘izlik, giperfaollik, bag‘rikenglik

  3. befarqlik, passivlik, tushkunlik 

  4. parishonxotirlik, mag‘rurlik, samaradorlilik

11. Quyidagi qaysi voqea boshqalariga nisbatan oldinroq sodir bo‘lgan?

  1. Germaniya Prezidenti Gindenburg vafot etdi.

  2. Kichik Ergash vafot etdi.

  3. Daues rejasi qabul qilindi.

  4. G‘arb davlatlari o‘rtasida Myunxen kelishuvi imzolandi.

12. O‘zbekiston SSRda prezidentlik lavozimi joriy etilgan (a), O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan yil (b)larni aniqlang.

  1. (a) – 1991-yil, (b) – 1990-yil 

  2. (a) – 1990-yil, (b) – 1990-yil

  3. (a) – 1989-yil, (b) – 1991-yil 

  4. (a) – 1990-yil, (b) – 1989-yil

13. 1917-yil dekabr oyida Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarligida Toshkentda 60 ming kishi ishtirok etgan miting o‘tkazilgan. Ushbu ma’lumot qaysi gazetada aks etgan edi?

  1. “El bayrog‘i” gazetasida 

  2. “Ulug‘ Turkiston” gazetasida 

  3. “Birlik tug‘i” gazetasida

  4. “Свободный Туркестан” gazetasida

14. Quyidagi javoblardan XIX asr boshlarida monarxiya (a) va respublika (b) boshqaruv shaklida bo‘lgan davlatlarni aniqlang. 1. Rossiya 2. Turkiya 3. AQSH

  1. (a) – 1. (b) – 3 

  2. (a) – 2. (b) – 1, 3 

  3. (a) – 1, 2. (b) – 3 

  4. (a) – 3. (b) – 2

15. Quyidagi qaysi jang nisbatan oldinroq sodir bo‘lgan?

  1. Lenyano jangi

  2. Kresi jangi

  3. Mansikert jangi 

  4. Loy jangi

16. Qaysi yilda Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi?

  1. 1999-yil 

  2. 2003-yil 

  3. 2004-yil 

  4. 2005-yil

17. Sovet hukumatining rahbari V.I. Lenin Turkiston o‘lkasiga kimni O‘rta Osiyoning favqulodda komissari qilib jo‘natdi?

  1. F.Kolesov 

  2. P.Korovichenko 

  3. Y.Perfilov 

  4. P.Kobozev

18. Amir Temur o‘zi tirikligidayoq G‘arbiy Eron hududini kimga suyurg‘ol mulk qilib bergan edi?

  1. Shohruxga

  2. Pirmuhammadga

  3. Umarshayxga

  4. Mironshohga

19. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga istilochilik yurishining uchinchi bosqichi davri oralig‘ida sodir bo‘lmagan voqeani aniqlang.

  1. Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi paydo bo‘ldi.

  2. Mustamlakachilar oddiy fuqarolar ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan taqdirda bevosta harbiy dala sudiga bera boshladilar.

  3. I.Lazerov boshchiligidagi harbiy qo‘shin turkmanlar yashaydigan hududlarga jo‘natildi.

  4. Toshkentda shahar boshqaruvi Dumaga o‘tdi.

20. 2001-yil mamlakatimizda qanday yil deb nomlandi?

  1. “Sog‘lom avlod yili”

  2. “Onalar va bolalar yili”

  3. “Yoshlar yili”

  4. “Barkamol avlod yili”

21. XVIII asrda Eron davlati poytaxti bo‘lgan shahar(lar)ini belgilang.

  1. Tabriz va Isfahon 

  2. Tehron 

  3. Isfahon

  4. Isfahon va Tehron

22. XVIII asrdan boshlab yevropaliklarning kirib kelishi qaysi davlatning azaliy an’analariga ta’sir ko‘rsatdi?

  1. Hindiston

  2. Xitoy

  3. Turkiya 

  4. Eron

23. “Haq olinur, berilmas!” shiorini ilgari surgan ma’rifatparvarni belgilang.

  1. Mahmudxo‘ja Behbudiy 

  2. Abdulla Avloniy

  3. Abdurauf Fitrat

  4. Ismoil Gaspirali

24. Quyidagi qaysi shaxs “Allohning birligi” asarining muallifi hisoblanadi?

  1. Tabariy

  2. Hakim at-Termiziy

  3. Mahmud Zamaxshariy

  4. Abu Mansur al-Moturidiy

25. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida ... dunyo sarmoyador davlatlarining yarim mustamlakasiga aylandi. Shoh tuzumi va mustamlakachilik zulmi xalq ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Mamlakatda noroziliklar kuchaydi.

  1. Hindiston 

  2. Eron

  3. Turkiya 

  4. Yaponiya

26. Eftallar alifbosi qaysi yozuv asosida shakllangan edi?

  1. So‘g‘d 

  2. Xorazm 

  3. Oromiy 

  4. Baqtriya

27. Indoneziyada 2014-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida kim g‘alaba qozongan edi?

  1. Mahathir Muhammad 

  2. Joko Vidodo 

  3. Megavati Sukornoputri 

  4. Rodrigo Duterte

28. AQSHning qaysi prezidenti tomonidan o‘z hukumatining Lotin Amerikasi davlatlariga intervensiya uyushtirmasligi hamda ular bilan “yaxshi qo‘shnichilik” munosabatlari o‘rnatilishi e’lon qilingan edi?

  1. Franklin Ruzvelt 

  2. Teodor Ruzvelt

  3. Vudro Vilson 

  4. Kalvin Kulij

29. Qo‘qon xonligida hosilning ½ qismini olish sharti bilan yerlarni ijaraga olib, o‘z mehnat qurollari, ot-ulovlari bilan yollanib ishlagan ishchilar nima deb atalgan?

  1. Korandalar

  2. Chorikorlar

  3. Mardikorlar

  4. Chokarlar

30. 1992-yil fevral oyida qaysi davlatda korrupsiyaga qarshi “Halol qo‘llar” kampaniyasi boshlandi?

  1. Kolumbiyada 

  2. Italiyada 

  3. Eronda 

  4. Misrda 

31. Sun sulolasi davridagi Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlarini aniqlang.

  1. Yanchjou, Xanchjou, Kayfin 

  2. Kayfin, Chendu, Uchan

  3. Pekin, Yanchjou, Kayfin 

  4. Chendu, Shanxay, Uchan

32. Zardushtiylik ta’siri ostida “Zardusht tavallosi” asarini yozgan faylasufni belgilang.

  1. O.Shpengler 

  2. F.Nitsshe

  3. Z.Freyd 

  4. R.Kipling

33. Buxoro amirligida kim “dorukash” deb atalgan?

  1. Sopol buyumlar yasovchi hunarmand

  2. Maxsus yuz kishilik qo‘shin qo‘mondoni

  3. To‘p va porox ishlab chiqaruvchi hunarmand

  4. Aholining muammolarini xonga yetkazuvchi

34. VIII asrdan boshlab “Poytaxt axboroti” nomli gazeta qaysi shaharda chiqa boshlagan?

  1. Rimda 

  2. Qohirada 

  3. Pekinda

  4. Damashqda

35. Davlatchilik paydo bo‘layotganining eng muhim belgilaridan biri qaysi javobda berilgan?

  1. Termachilikning rivoji

  2. Aholining urug‘ va qabila bo‘yicha emas, balki hududiy taomilga ko‘ra guruhlarga ajratilishi

  3. Sharq va g‘arb madaniyati, tajribalarining uyg‘unlashuvi va boshqa yangiliklar

  4. Aholining qon-qarindoshlarga ko‘ra birikuvi keyinchalik aholi sonining ma’lum bir hududda ortib ketishiga olib kelishi

36. Qaysi qadimiy xalq maxsus tepaliklar yasab, baland poydevorlar ustida o‘zlarining zinapoyali ehromlarini, saroy va ibodatxonalarini barpo etgan? Bu saroy va ibodatxonalarning derazalari bo‘lmagan, ular eshiklar orqali yoritilgan.

  1. Mayyalar 

  2. Atsteklar 

  3. Inklar 

  4. Aksumlar

37. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida Afrikaning shimoliy qismida Sahroyi Kabirning janubiy chegarasiga qadar aholining ko‘pchilik qismini qaysi xalq vakillari tashkil etardi?

  1. Barbarlar 

  2. Habashlar 

  3. Arablar 

  4. Tuareglar

38. Xorazmning Afrig‘ shohlari tomonidan zabt etilgan kumush tangalarning old va orqa tomoniga nimaning tasviri tushirilgan?

  1. Old tomoniga shoh surati, orqa tomoniga burgut surati

  2. Old tomoniga burgut surati, orqa tomoniga lochin surati

  3. Old tomoniga shoh surati, orqa tomoniga suvoriy surati

  4. Old tomoniga suvoriy surati, orqa tomoniga burgut surati

39. 2003-yili qaysi davlatda qabul qilingan konstitutsiya saylovlar va siyosiy partiyalar tuzish uchun yo‘l ochib bergan edi?

  1. Eronda

  2. Pokistonda

  3. Turkiyada

  4. Afg‘onistonda

40. Quyidagi ixtirolar mualliflarining millatini aniqlang. 1. Dinamit. 2. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi. 3. Elektr bilan payvandlash.

  1. 1 – nemis, 2 – shved, 3 – rus 

  2. 1 – nemis, 2 – nemis, 3 – amerikalik 

  3. 1 – rus, 2 – shved, 3 – amerikalik 

  4. 1 – shved, 2 – shved, 3 – amerikalik

41. Quyidagilardan mantiqiy ketma-ketlikda berilgan ma’lumotlarni aniqlang.

  1. Atirgullar inqilobi − Lola inqilobi − Aprel inqilobi − Rangli inqilob

  2. Yuz yillik urush – O‘ttiz yillik urush – Burjua inqilobi – Oktyabr to‘ntarishi

  3. Mahathir Muhammad − Joko Vidodo − Rodrigo Roa Duterta − Atal Bixari Vajpai

  4. Hotamiy − Parvez Musharraf − Homid Karzay − Bashar Asad

42. 1865-yil (a) va 1888-yilda (b) qaysi davlatlarda qullik bekor qilingan?

  1. (a) – Hindiston, (b) – Braziliya 

  2. (a) – AQSH, (b) – Braziliya

  3. (a) – AQSH, (b) – Meksika 

  4. (a) – AQSH, (b) – Argentina

43. Qaysi davlatda bo‘lib o‘tgan inqilob kapitalistik munosabatlarning hukmron tartibga aylanishini boshlab berdi?

  1. Fransiya 

  2. Germaniya 

  3. Angliya 

  4. Rossiya

44. Germaniyaning 1871-yilda qabul qilingan konstitutsiyasiga muvofiq, qaysi hudud imperiya tarkibiga “maxsus imperiya viloyati” bo‘lib kirgan?

  1. Elzas

  2. Lotaringiya

  3. Bremen

  4. Elzas va Lotaringiya

45. Amir Temur uch, besh va yetti yillik harbiy yurishlaridan so‘ng o‘z ta’sir doirasiga kiritgan hududlarni belgilang.

  1. Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya)

  2. Hindiston, Eron, Turkiya

  3. Xitoy, Turkiya, Oltin O‘rda

  4. Turkiya, Oltin O‘rda, Eron, Shom (Suriya)

46. Davlatga asos solmagan hukmdorni aniqlang.

  1. Kir II 

  2. Kudzula Kadfiz

  3. Demetriy

  4. Diodot

47. 1798-yilda … ga qilingan yurish Napoleonni siyosiy hokimiyatni egallashga chorladi. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi mamlakat nomini qo‘ying.

  1. Belgiya 

  2. Misr 

  3. Gollandiya 

  4. Italiya

48. Buyuk Britaniya bosh vaziri U.Gladston davrida amalga oshirilgan islohotlar berilgan javobni toping. 1. Tred yunionlarga manfaatlarini sudda himoya qilish vazifasi berildi. 2. Jamoalar palatasi mamlakat moliyasini nazorat qiladigan bo‘ldi. 3. Cherkov davlatdan ajratildi. 4. Ish tashlashga ruxsat berildi. 5. Maktab islohoti o‘tkazildi. 6. Hukumatning quyi palata oldidagi javobgarligi belgilandi. 7. Parlamentga saylovlar yashirin yo‘l bilan amalga oshirilishi belgilandi.

  1. 1, 2, 4, 6 

  2. 2, 3, 6, 7 

  3. 1, 3, 5, 7 

  4. 1, 4, 5, 7

49. Quyida keltirilgan ma’lumotlar qaysi hukmdor haqida ekanligini toping. “Uning davrida joylarda hokimiyat imperator tayinlaydigan gubernatorlar qo‘liga o‘tdi. Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi, qo‘shin zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirildi. Yagona pul birligi – iyena joriy qilindi”.

  1. Oda Nobunaga 

  2. Yonchjon 

  3. Yosimune 

  4. Meydzi

50. XIX asr oxirlarida quyidagi hududlar qaysi davlatning mustamlakasi bo‘lganini aniqlang. 1. Zululend 2. Bunoro 3. Tunis

  1. 1 – Buyuk Britaniya, 2 – Germaniya, 3 – Turkiya 

  2. 1 – Fransiya, 2 – Fransiya, 3 – Turkiya

  3. 1 – Buyuk Britaniya, 2 – Germaniya, 3 – Italiya 

  4. 1 – Buyuk Britaniya, 2 – Buyuk Britaniya, 3 – Fransiya




0
Добавлено: 11-12-2023, 14:42
0
1 298
---
Yuqoriga