Tarix fanidan diagnostika testlari (2-variant) » BELLASHUV.UZ

Tarix fanidan diagnostika testlari (2-variant)




Hurmatli tarix fani ustozlari, shu testlarning to'g'ri javoblarini tayyorlashga yordam bersangizlar. Qaysi testning javobini bilsangiz iltimos izohlarda yozib qoldiring. RAHMAT


1. Ota-onalarning ko‘nikma va malakalarini, shuningdek, ularning biror narsaga nisbatan munosabatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan, interfaol o‘qitish usullari hamda tajriba orqali o‘qitishga asoslangan, guruhga mo‘ljallangan ta'limiy tadbir nima deb ataladi?

  1. trening 

  2. ochiq dars

  3. ota-onalar yig‘ilishi

  4. guruhiy suhbat

2. “Oʻquvchi dars jarayonida nimani va nima uchun oʻrganayotganini tushunishi hamda amaliy topshiriqlarni chuqur anglamasdan mexanik tarzda bajarmasligi kerak”. Ushbu mulohaza didaktik tamoyillarning qaysi biriga mos?

  1. koʻrgazmalilik

  2. ilmiylik

  3. onglilik 

  4. izchillik

3. Bu taʼlim shakli oʻz-oʻzini kasbiy rivojlantirishning uzoq muddatli dasturi yoki qisqa muddatli kursi boʻlib, uni tugatgandan soʻng yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻqituvchi qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarga ega boʻladi.Ushbu huquqlarni berish uchun, milliy yoki xalqaro standartdagi diplom yoki sertifikat beriladi. Ushbu taʼlim shaklini belgilang.

  1. rasmiy taʻlim

  2. norasmiy taʼlim

  3. informal taʼlim

  4. masofaviy taʼlim

4. Har kimning fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega ekanligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida mustahkamlangan?

  1. 13-moddasida

  2. 26-moddasida

  3. 29-moddasida

  4. 67-moddasida

5. Noan’anaviy dars turlari ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.

  1. o‘tilgan materiallarni mustahkamlash, kirish darsi

  2. integratsiyalashgan, aralash dars

  3. yangi bilimlarni bayon qilish, nazorat darsi

  4. dars-ekskursiya, auksion-dars 

6. O‘qituvchi doskada yozayotganida imlo xatoga yo‘l qo‘ydi. Uning xatosiga bir nechta o‘quvchilar kulishdi. Buning natijasida o‘qituvchi asabiylasha boshladi va o‘quvchilarga qo‘pol muomalada bo‘ldi. Sizningcha, o‘qituvchi ushbu vaziyatda o‘zini qanday tutishi kerak edi?

  1. vaziyatga sovuqqonlik bilan yondashib, kulgan o‘quvchilarni o‘rnidan turg‘azishi va ularga nisbatan jazo choralarini Qo‘llashi kerak

  2. o‘quvchilar bilan xato ustida birgalikda kulib, “xato qilish hammaga xos, ammo uni tan olib tuzatish mardlik”. ‑ deb aytishi kerak

  3. o‘qituvchi doskaga xatoni o‘quvchi-larning ziyrakligi va savodxonligini ataylab sinash maqsadida yozganini aytishi kerak

  4. o‘quvchilarning bunday xulqiga nisbatan ularning kundaliklariga e’tirozlarini bildirib, ota‑onalarning e’tiborini qaratishi kerak

7. 7-sinf oʻquvchilaridan biri oʻziga koʻproq eʼtiborni tortyapti: u shovqin qilyapti, gaplari bilan javob berayotgan oʻquvchilar fikrlarini boʻlyapti, oʻqituvchini tinglamayapti, darsga jiddiy halaqit beryapti. Ushbu vaziyatda o‘qituvchi qanday yo‘l tutishi kerak?

  1. oʻquvchini darsga halaqit bermasligi uchun sinfdan chiqarib yuborishi kerak

  2. darsda bosiqlik bilan ungaoʻzini tutish qoidalarini eslatishi kerak

  3. uning ota-onasi bilan muammo yuzasidan suhbatlashishi kerak

  4. o‘quvchining hulqidan kelib chiqib bilimiga past baho qo‘yishi kerak

8. Quyidagilardan qaysi biri bevosita o‘quvchining darsni o‘zlashtirishiga ta’sir qiladi:

  1. diqqat

  2. temperament

  3. hissiyot

  4. fe'l-atvor

9. Sotsiometriya metodini birinchi bo‘lib qaysi olim ishlab chiqqan?

  1. D.Moreno

  2. G.Ayzenk

  3. V.Smenal.

  4. A.Rahmonov.

10. O‘qituvchi o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlashda ularning qaysi jihatlariga e’tibor QARATMASLIGI kerak?

  1. ularning individualligi, ruhiy holati, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlariga

  2. iste’dodli o‘quvchilarning qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirishga

  3. ijtimoiy kelib chiqishi, jismoniy sog‘lig‘i, oilaviy ta’minoti, ota-onasining ma’lumoti 

  4. layoqati, kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashishga

11. Quyidagi gazetalar va jurnallar qaysi davlatlarda nashr etilganini aniqlang. (a) “Xalq gazetasi”, (b) “Ibrat”, (c) “Milliy kalendar”

  1. (a) Xitoy, (b) Turkiya, (c) Bolgariya

  2. (a) Xitoy, (b) Eron, (c) Misr

  3. (a) Afg‘oniston, (b) Turkiya, (c) Bolgariya

  4. (a) Xitoy, (b) Hindiston, (c) Albaniya

12. 2001-yil mamlakatimizda qanday yil deb nomlandi?

  1. “Sog‘lom avlod yili”

  2. “Onalar va bolalar yili”

  3. “Yoshlar yili”

  4. “Barkamol avlod yili”

13. XIV asr oxirlarida vujudga kelgan muayyan xalqaro vaziyat tufayli qaysi davlatlar eng qudratli davlatlar sifatida siyosiy maydonga chiqdi? 1. Amir Temur davlati. 2. Mo‘g‘uliston. 3. Usmoniylar davlati. 4. Misr. 5. Oltin O‘rda. 6. Xitoy.

  1. 1, 2, 3, 4 

  2. 2, 3, 5, 6 

  3. 1, 3, 4, 5, 6

  4. 1, 3, 4, 5

14. Quyidagi qaysi voqea boshqalariga nisbatan oldinroq sodir bo‘lgan?

  1. Germaniya Prezidenti Gindenburg vafot etdi.

  2. Kichik Ergash vafot etdi.

  3. Daues rejasi qabul qilindi.

  4. G‘arb davlatlari o‘rtasida Myunxen kelishuvi imzolandi.

15. XVIII asrdan boshlab yevropaliklarning kirib kelishi qaysi davlatning azaliy an’analariga ta’sir ko‘rsatdi?

  1. Hindiston

  2. Xitoy

  3. Turkiya 

  4. Eron

16. Qaysi davlatdagi sotsialistik partiya diniy ta’limni bekor qilish uchun kurash olib borgan?

  1. Avstriya-Vengriya 

  2. Italiya 

  3. Germaniya 

  4. Argentina

17. XVI–XVIII asrlarda qaysi davlatlar o‘rtasidagi chegara hududlarda birinchi navbatda Italiyaga ta’sir etish uchun tez-tez ziddiyatlar bo‘lib turgan?

  1. Fransiya, Angliya 

  2. Fransiya, Germaniya 

  3. Germaniya, Ispaniya 

  4. Ispaniya, Fransiya

18. Quyidagi hukmdorlardan otasidan keyin taxtga o‘tirmaganlarini aniqlang. 1. Amir Haydar 2. Imomqulixon 3. Umarxon 4. Abdurahimbiy 5. Muhammad Rahimxon I 6. Eltuzar

  1. 1, 4, 6 

  2. 2, 3, 4 

  3. 2, 5, 6 

  4. 2, 3, 5

19. Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik nechta jangchi “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘ldi?

  1. 260 nafar 

  2. 180 nafar 

  3. 32 nafar 

  4. 280 nafar

20. Qaysi yilda Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi?

  1. 1999-yil 

  2. 2003-yil 

  3. 2004-yil 

  4. 2005-yil

21. Germanlarda hunarmandchilikning qaysi sohalari taraqqiy etgan edi? 1. To‘qimachilik 2. Kulolchilik 3. Qurolsozlik 4. Yog‘ochsozlik 5. Zargarlik 6. Teri-ko‘nchilik

  1. 1, 2, 3, 5 

  2. 2, 4, 5, 6 

  3. 1, 3, 4, 5 

  4. 1, 4, 5, 6

22. Quyidagi voqealardan qaysi biri boshqalaridan oldinroq sodir bo‘lgan?

  1. Ko‘chmanchi giksoslarning Misrga hujum qildi.

  2. Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi.

  3. Sargon I Akkad va Shumer shaharlarini o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi.

  4. Bobil Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi.

23. Qachondan boshlab Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’i nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilindi?

  1. Miloddan avvalgi IV asr oxirlariga kelib

  2. Miloddan avvalgi III asr boshlariga kelib

  3. Miloddan avvalgi II asr boshlariga kelib

  4. Miloddan avvalgi I asr oxirlariga kelib 

24. Quyidagi qaysi shaxs “Allohning birligi” asarining muallifi hisoblanadi?

  1. Tabariy

  2. Hakim at-Termiziy

  3. Mahmud Zamaxshariy

  4. Abu Mansur al-Moturidiy

25. Zardushtiylik ta’siri ostida “Zardusht tavallosi” asarini yozgan faylasufni belgilang.

  1. O.Shpengler 

  2. F.Nitsshe

  3. Z.Freyd 

  4. R.Kipling

26. Qullikka solingan Gruziya va Shimoliy Kavkaz aholisi kimlar deb atalgan?

  1. Burlar 

  2. Mamluklar 

  3. Kazaklar 

  4. Durroniylar

27. VIII asrdan boshlab “Poytaxt axboroti” nomli gazeta qaysi shaharda chiqa boshlagan?

  1. Rimda 

  2. Qohirada 

  3. Pekinda

  4. Damashqda

28. Buyuk geografik kashfiyotlarda Atlantika okeani bo‘ylab suzishni boshlab bergan xalqni belgilang.

  1. Portugallar 

  2. Inglizlar 

  3. Gollandlar 

  4. Ispanlar

29. Sovet Ittifoqi Millatlar Ligasiga a’zo bo‘lgan yilni toping.

  1. 1934-yil

  2. 1935-yil

  3. 1936-yil

  4. 1937-yil

30. Xitoy tarixchisi Syuan Szyan Hindistonda bo‘lgan davrda tarixda yana qanday voqea sodir bo‘lganligini aniqlang.

  1. G‘arbiy Turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chirdi. 

  2. O‘rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko‘chmanchi xion qabilalari kirib keldi. 

  3. Kat shahri Xorazm davlatining poytaxtiga aylandi. 

  4. Hindistonda Guptalar davlati parchalandi.

31. Quyidagi qaysi sohalarning rivojlanishi natijasida miloddan avvalgi VII–VI asrlarda O‘zbekiston hududida qadimgi shaharlar rivojlangan?

  1. Dehqonchilik, chorvachilik 

  2. Chorvachilik, hunarmandchilik 

  3. Hunarmandchilik, savdo-sotiq 

  4. Savdo-sotiq, dehqonchilik

32. Qo‘qon xonligida mirza mansabi egasi qanday vazifani bajarar edi?

  1. Moliya va xazina ishlarini boshqargan

  2. Qo‘shinning bosh qo‘mondoni bo‘lgan

  3. Xazinaga tushgan tushumning hisobini olib borgan

  4. Xonlik devonxona ishlarini yurituvchi maxsus shaxs bo‘lgan

33. “Interdikt” atamasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping.

  1. Gunohlardan kechish yorliqlarini sotish yorliqlarini sotish

  2. Ibodat va marosimlarning vaqtinchalik taqiqlanishi

  3. Dahriylarga qarshi kurashish uchun cherkov sudi

  4. Mahkum etilganlarni gulxanda yondirish

34. Germaniya shimolidagi shaharlarning yuksalishiga olib kelgan holat bu – …

  1. Italiyaning bosib olinishi 

  2. Nemis salibchi ritsarlarining Bolqon davlatlariga bosqini 

  3. Nemis salibchi ritsarlarining Boltiqbo‘yidagi istilolari 

  4. Ganza shaharlari ittifoqining Daniya qirolligiga qarshi yurishlari

35. Xronologik tartibda berilgan javobni toping. 1. Safaviylar davlati vujudga keldi. 2. Qojarlar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. 3. Nodirquli Eron shohi deb e’lon qilindi. 4. Eron shohi Sulton Husayn hokimiyatni afg‘onlar yetakchisi Mir Mahmudga topshirishga majbur bo‘ldi.

  1. 4, 3, 2, 1 

  2. 3, 2, 4, 1 

  3. 1, 4, 2, 3 

  4. 1, 4, 3, 2

36. Mesopotamiyada vujudga kelgan shahar-davlatlarda podsho davlatni kimlarga tayangan holda boshqargan?

  1. Dehqon, hunarmand va savdogarlarga 

  2. Qabila sardorlari, oqsoqol va aslzodalarga 

  3. Saroy a’yonlari, qarindoshlari va viloyat noiblari 

  4. Aslzodalar, kohinlar va harbiy qo‘shinlarga

37. Sargon I nima maqsadda barcha shaharlar uchun yagona bo‘lgan uzunlik, og‘irlik, maydon o‘lchovini joriy qildi?

  1. Davlatni siyosiy mustahkamlash 

  2. Savdo-sotiqni rivojlantirish

  3. Soliq tushumlarini ko‘paytirish

  4. Boshqa hukmdorlardan ajralib turish 

38. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri xato berilgan?

  1. Baqtriya, So‘g‘diyona va Marg‘iyona Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirgan.

  2. Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurishlaridan so‘ng Xorazm, Toshkent va Farg‘ona hududlari mustaqil qolgan.

  3. O‘rta Osiyo bo‘yicha eng qadimgi yozuv Qo‘yqirilganqal’a yodgorligidan topilgan.

  4. Qang‘ davlatining poytaxti bo‘lgan Qang‘dez shahri xarobalari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidan topilgan.

39. Hindistonda Malla, Koshala, Magadha davlatlari qachon vujudga kelgan?

  1. Mil. av. VIII–VII asrlarda

  2. Mil. av. V–IV asrlarda

  3. Mil. av. IV–III asrlarda 

  4. Mil. av. VII–VI asrlarda

40. XVII asrning birinchi choragida xristian dinini taqiqlovchi qonun qabul qilingan davlat tarixida 1889-yilda … . Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni toping.

  1. Harbiy tibbiy bilim yurti kursantlari tomonidan “Birlik va taraqqiyot” tashkiloti tuzildi.

  2. Ingliz monopolisti tomonidan “Shahanshohbank” ochildi.

  3. Yaponiyaga tovon to‘lashni to‘xtatishni talab qilgan tashkilot harakatlari qo‘zg‘olonga aylandi.

  4. Prussiya Konstitutsiyasi asosida Konstitutsiya qabul qilindi.

41. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul sekretari etib tayinlangan shaxslar berilgan javobni toping.

  1. Akmal Ikromov, Vladimir Ivanov

  2. Akmal Ikromov, Ivan Tobolin 

  3. Fayzulla Xo‘jayev, Fyodor Kobozev 

  4. Fayzulla Xo‘jayev, Vladimir Ivanov

42. Tashqi siyosat bilan bog‘liq “yangicha siyosiy tafakkur” tashabbusini qaysi davlat ilgari surgan?

  1. AQSH

  2. Yaponiya

  3. Fransiya 

  4. SSSR

43. Marko Polo (1) va Iogann Gutenberg (2) bilan zamondosh bo‘lgan shaxslarni aniqlang.

  1. 1 – Salohiddin Ayyubiy, 2 – Ivan Kalita

  2. 1 – Bonifatsiy VIII, 2 – Rojer Bekon

  3. 1 – Ioann Saxiy, 2 – Ivan III

  4. 1 – Rudolf Gabsburg, 2 – Mehmet II

44. XIX asr oxirlarida quyidagi hududlar qaysi davlatning mustamlakasi bo‘lganini aniqlang. 1. Zululend 2. Bunoro 3. Tunis

  1. 1 – Buyuk Britaniya, 2 – Germaniya, 3 – Turkiya 

  2. 1 – Fransiya, 2 – Fransiya, 3 – Turkiya

  3. 1 – Buyuk Britaniya, 2 – Germaniya, 3 – Italiya 

  4. 1 – Buyuk Britaniya, 2 – Buyuk Britaniya, 3 – Fransiya

45. 1865-yil (a) va 1888-yilda (b) qaysi davlatlarda qullik bekor qilingan?

  1. (a) – Hindiston, (b) – Braziliya 

  2. (a) – AQSH, (b) – Braziliya

  3. (a) – AQSH, (b) – Meksika 

  4. (a) – AQSH, (b) – Argentina

46. Yangi davrda yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi tufayli dastlab qaysi davlatlar jadal rivojlandi?

  1. Angliya va Gollandiya

  2. Portugaliya va Ispaniya

  3. Ispaniya va Gollandiya 

  4. Portugaliya va Angliya

47. Qadimgi dunyoda qaysi xalqning yozuvi so‘z va jumlalardan iborat bo‘lgan?

  1. Mesopotamiya 

  2. Misr 

  3. Eron

  4. Xitoy

48. Quyidagi davlatlar orasidan o‘z hududiga zamonaviy Afg‘oniston hududlarini qamrab olganlarini belgilang. 1. Xioniylar davlati. 2. Kushon podsholigi. 3. Oltin O‘rda. 4. Amir Temur davlati. 5. Usmoniylar davlati. 6. Sharqiy Turk xoqonligi.

  1. 1, 2, 5 

  2. 2, 4, 6 

  3. 1, 2, 4 

  4. 2, 3, 5

49. Quyidagi qaysi hodisa slavyan xalqlari orasida Rossiya obro‘yiga putur yetkazgan?

  1. San-Stefano shartnomasining imzolanishi 

  2. Avstriya-Vengriyaning Bosniya va Gersogovinani bosib olishi 

  3. Turkiya va Serbiya urushida Turkiya qo‘lining baland kelishi 

  4. Berlin kongressining chaqirilishi

50. N.Korolkov Turkiston general-gubernatori bo‘lishidan oldin qaysi hudud gubernatori bo‘lgan?

  1. Sirdaryo 

  2. Namangan 

  3. Yettisuv 

  4. Farg‘ona




0
Добавлено: 11-12-2023, 13:32
0
1 407
---
Yuqoriga